Poytaxtimizda davom etayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi dunyoning 56 davlatidan tashrif buyurgan ekspertlar va ishbilarmonlik muhiti vakillarining uchrashuvlari uchun muhokamalar maydoniga aylandi. 1,5 mingdan ortiq ishtirokchi uchun Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan mavzular muhokamasiga bagʻishlangan boy dastur tayyorlangan. Ulardan biri xususiylashtirish dasturini kengaytirishdir.
Oʻzbekistonda xususiylashtirish jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Xususan, bu transport, energetika, kimyo sohalari, shuningdek, sanoat va telekommunikatsiya sohalariga taalluqlidir. Vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, yetakchi xorijiy kompaniyalar mutaxassislari bilan muloqot doirasida ishtirokchilar ushbu yoʻnalishdagi soʻnggi tendensiyalar bilan tanishish, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan investorlar uchun ochilayotgan imkoniyatlarni muhokama qilish, shuningdek, xorijiy ishbilarmonlar ishtirokidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun oʻsish nuqtalarini aniqlash imkoniga ega boʻldilar.
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Omonullo Nasritdinxoʻjayev Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kunida davlatimiz rahbarining maʼruzasida bugungi kunda Oʻzbekistonda xususiylashtirish amalga oshirilayotgan eng muhim jarayonlardan biri ekanini taʼkidlaganini alohida qayd etib oʻtdi. Biz rivojlanish strategiyasini ishlab chiqdik, bunda yalpi ichki mahsulotdagi xususiy sektor ulushini 80 foizga yetkazish maqsad qilingan. Yirik xususiylashtirish loyihalari faqatgina jahon amaliyotiga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda davlat tomonidan 1,5 mingga yaqin aktivlar sotuvga qoʻyilgan boʻlib, ularning har birini yakka tartibda sotish jarayonini koʻrib chiqyapmiz. Ahamiyati kam boʻlmagan boshqa aktivlar ham maʼlum individual strategiyaga muvofiq sotiladi.
— Oʻzbekiston xorijiy kompaniyalar va investorlar uchun jozibador hududga aylanmoqda. Ayrim qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimizda investorlarning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Ularni qiziqtirgan asosiy masala – barqarorlik», – deydi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Shuhrat Vafayev. – Biz qonunchiligimiz qanchalik adolatli va barqaror ekanligini koʻrsatishimiz kerak. Shu bois biz ularga faoliyatida hech qanday muammo boʻlmasligi haqida kafolat beryapmiz. Investor shartnoma imzolaganida, u koʻplab majburiyatlarga duch keladi. Shu sababli, turli qiyinchiliklar paydo boʻlishi mumkin, ammo shaffof va tushunarli qonunchilik ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradi.
— Yaqinda Prezidentning 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatni tayyorlashda biz inventarizatsiya oʻtkazdik, bu vaqt davomida 2000 dan ortiq davlat aktivlari xususiylashtirishga muhtojligi aniqlandi. Yakuniy roʻyxatga ularning 1,5 mingdan ortigʻi kiritilgan», — dedi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov. «Endi biz davlat obyektini auksionda uning qiymatini belgilamasdan amalga oshirish tajribasini davom ettirmoqdamiz — investorlarning oʻzlari takliflar berishadi. Shunday qilib, biz Coca-Cola Bottlers Uzbekistanʻning davlat ulushini, bir qancha mehmonxonalarni sotdik, hozirda “Fargʻonaazot” AJ aktivlari, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi va boshqa aktivlar auksion savdolariga qoʻyildi. 2021-yilgacha biz obyektlarni narxini eʼlon qilgan holda taqdim etdik va ularning deyarli barchasi auksionda qoldi. Xuddi shu farmon doirasida hokim oʻrinbosarlariga boʻsh turgan obyektlar boʻyicha arizalarni aniqlash va koʻrib chiqish vakolati ham berildi. Agar investorlarning takliflari 10 million dollardan yuqori boʻlsa, maslahatchilar bizning agentlik bilan kelishilmagan holda bitimni oʻzlari bajarishga haqli.
— Coca-Cola kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni qanday oʻtganidan hayratda qoldik – koʻplab xalqaro ishtirokchilar ishtirok etdi, hammasi ochiq, shaffof va yuqori darajada oʻtdi, deya qayd etib oʻtdi The Coca-Cola Company mintaqaviy direktori Shadab Ahmad Xon. – Oʻzbekiston investorlar uchun ochiq – bu yerda tender jarayoni, yirik sarmoyalar ochiq va biz bundan keyin ham shunday boʻladi degan umiddamiz – bu birinchi navbatda oʻzbekistonlik isteʼmolchi uchun foydalidir.
Indorama Corporation bosh direktori Prakash Kejrival Oʻzbekiston hukumati xususiylashtirishni qoʻllab-quvvatlayotganini alohida taʼkidladi — buning dalili mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, deya taʼkidladi u. Xususiylashtirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi boʻlmasligi kerak — bu ham investorlarning ishonchini kamaytiradi.
“Progressiv, dinamik va islohotlarga ochiq – Oʻzbekistonga ilk bor kelganimda xayolimdan oʻtgan ilk soʻzlar shunday boʻlgandi ”, deya taʼkidladi XMKning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afgʻoniston va Pokistondagi DXSH loyihalarini strukturizatsiya qilish boʻyicha mintaqaviy maslahat dasturi menejeri Munir Firuzi. — Oradan olti oy oʻtib, shartnoma imzoladik. Elektr stansiyasini xususiylashtirdik, Namanganda loyiha bor, bugun forum doirasida yana bir shartnoma imzolaymiz. Xususiy sektorning xususiylashtirishga qiziqishi va davlat yaratib berayotgan shart-sharoit – ijobiy muhit shakllangani, muloqot, fikr-mulohazalar, sheriklik munosabatlari yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etaman. Oʻzbekiston investorlar uchun jozibador boʻlishi uchun muddatlarga rioya qilish, banklarning kuchli, barqaror faoliyat olib borishi, investor yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk va xarajatlardan xabardor boʻlishi kerak.