Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi platforma boʻlib, uning formatida Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlariga taqdim etiladi.

Forum Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashishdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

Mamlakat ishbilarmonlik muhitining yangi tendensiyalarini oʻrganish, Oʻzbekiston tadbirkorlarining keyingi avlodini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etishga koʻmaklashish

Mintaqaviy tashabbuslar, shu jumladan Yevrosiyo savdo yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari asosida logistika infratuzilmasini keng koʻlamli qurishdan foyda keltiradigan aniq loyihalarni aniqlash va amalga oshirish

Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlat dasturi haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlish

Asosiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish loyihalari va xususiylashtirish chora-tadbirlarini chuqurlashtirish

Mamlakatning va qoʻshni mintaqalarning biznes vakillari, moliyaviy va hukumat tuzilmalari bilan aloqalarni oʻrnatish

Markaziy Osiyo bozorlariga kirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylanish