Agar siz IIFT-2022 da maʼruzachi sifatida ishtirok etishni xohlasangiz, unda ish joyingiz, lavozimingiz, sizga aloqaga chiqish uchun telefon raqam yoki elektron pochta hamda oʻzingiz haqingizda qisqacha maʼlumotlarni IIFT maʼmuriyatiga joʻnatishingiz soʻraladi.
Shundan soʻngina qisqa fursat ichida IIFT maʼmuriyati maʼruzachi sifatida ishtirok etish masalasi yuzasidan siz bilan bogʻlanishadi.
Biz sizga IIFT ga qiziqish bildirganingizdan mamnunmiz va Toshkentda koʻrishguncha deb qolamiz.
Ishtirok uchun arizalarni info@iift.uz elektron manziliga yuborishingizni soʻraymiz.