43000 kv.metr maydonga ega «Congress Hall» binosi oʻzining xususiyatlari va imkoniyatlari bilan yirik xalqaro tadbirlar va muzokaralar oʻtkazish uchun eng maqbul inshoot hisoblanadi. Binoning birinchi qavatida 3500 kishiga moʻljallangan konferensiya xonasi mavjud boʻlib, zarur boʻlganda uni 2 yoki 4 ta alohida maydonchalarga ajratish mumkin. Shuningdek, binoning ikkinchi qavatida muzokaralar oʻtkazish, restoran, kutish xonasi va turli boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan qoʻshimcha xonalar mavjud. «Congress Hall» binosi Hilton mehmonxonasi bilan koʻprik orqali bogʻlangan.
«Congress Hall» mamlakatda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri boʻlgan «Tashkent City» ning bir qismi hisoblanadi va u doimiy ravishda hukumat tomonidan nazorat qilib boriladi.
XBM “Tashkent City” bu poytaxt uchun noyob zamonaviy biznes markalari, mehmonxonalar, savdo va koʻngilochar markazlar, avtoturargoh maydoni hamda 80 gektar yerga qurilayotgan turar-joy binolarini oʻz ichiga oladi. Ushbu obyektlarning barchasi umumiy meʼmoriy dizayn bilan birlashtiriladi, zamonaviy texnologik yechimlar bilan toʻldirilib, milliy arxitektura anʼanalariga muvofiq amalga oshiriladi.
«Congress Hall» poytaxtning markazida qulay joylashgan boʻlib, binoga shaharning istalgan nuqtasidan tez yetib kelish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari uning atrofida uchta markaziy metro bekatlari joylashgan.
Mavjud transport tuzilmasi shaharning istalgan nuqtasida jamoat yoki shahsiy avtotransport vositasida 30 mdaqiqada yetib kelish imkonini beradi.
Manzil: 100027, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 2 uy, 5 blok.