Hurmatli hamkasblar!
OAV vakillaring Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish muddati
2022-yilning 1-fevralidan 15-martiga qadar davom etadi.
Ishtirok etish uchun Yagona ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirishingiz soʻraladi.
Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtmagan ommaviy axborot vositalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli akkreditatsiyadan oʻtishi shart.
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://mfa.uz/ru/pages/accreditation
Toshkent xalqaro investitsiya forumining tashkiliy qoʻmitasi.
OAVlar bilan ishlash maʼmuriyati:
+998-71-238-52-39
media@iift.uz