Forum tashkilotchilari
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni muvofiqlashtirish, birinchi navbatda, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan bevosita hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun masʼul vakolatli davlat organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi
Investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Forum operatori
“InterForum” DUK
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida quyidagi vazifalarni hal etish uchun “InterForum” DUK tashkil etildi:
- tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyat, madaniy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi xalqaro Kongress va koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;
- tadbirlarni keng yoritish maqsadida tadbirlarni belgilangan tartibda axborot bilan qoʻllab-quvvatlash, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xorij bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
- Oʻzbekistonda tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xorijiy hamkorlar va ishbilarmon doiralar bilan samarali muloqotni tashkil etish;
- tadbir tushunchalarida koʻrsatilgan tashkiliy, texnik va logistik talablarni bajarish;
- Respublika va xorijda tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun bir qator tijorat xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan OAVni qoʻllab-quvvatlash.