Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi platforma boʻlib, uning formatida Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlariga taqdim etiladi.
Forum Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashishdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.